Foto va Video

Konigil qishlog‘i va «Meros» qog‘oz fabrikasi

5970

Ba’zan baxtli bo‘lish uchun oddiy narsalarga yangicha nigoh tashlashning o‘zi kifoya. Samarqanddan bor-yo‘g‘i 13 km uzoqlikda o‘ziga xos bir sayyohlik maskani – Konigil qishlog‘i joylashgan.


Hudud oz‘ining noyob hunarmandchilik an’analari, musaffo havosi, sersoya daraxtlari, yonidan oqib o‘tuvchi Siyob daryosi bilan ham mash’hur. Biroq mazkur maskanning asosiy diqqatga sazovor joyi bu - qog‘oz ichlab chirarishga ixtososlashgan «Meros» fabrikasidir.

Qoz‘oz fabrikasiga aka-uka Muxtarovlar asos solgan. Ularning sa’y-harakati bilan qog‘ozni qadimiy - qog‘oz mashinalari paydo bo‘lguniga qadar mavjud usulda tayyorlash texnologiyasi qayta tiklandi va yo‘lga qo‘yildi. Mazkur texnologiyaning xususiyati shundaki, u mutlaqo tabiiy xomashyodan foydalanadigan qo‘l mehnatidir. Shu sababli ham qog‘ozning rangi sarg‘imtir chiqadi, chunku u hech qanday kimyoviy vositalar bilan oqartirilmaydi. Qog‘ozning pishiqligi zamonaviy oqartirilgan qog‘ozdan tubdan farq qiladi. Solishtirib ko‘ring: oddiy qog‘oz 10 yil, Samarqand qog‘ozi esa o‘n baravar uzoq, ya’ni 400 yilgacha saqlanishi mumkin.

Samarqand qog‘ozining tayyorlanish jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish maqsadida fabrikaga sayohat uyushtiriladi. Bu yerda Siz xushmanzara tabiat qo‘ynida sayr qilishingiz, suv tegirmoni - charxpalakni ko‘rishingiz, daryo yoqasidagi choyxonada dam olishingiz mumkin. Ushbu maskanda mehmonlarning ko‘nglini olish uchun albatta Samarqand palovi va mahalliy mevalarndan totib ko‘rishingizni taklif qilishadi.

Fabrikada ichlab chiqarish texnoligiyasi bilan batafsil tanishtiriladi va Samarqand qog‘ozidan tayyorlangan mahsulotlar namoyish qilinadi, bu – ajoyib esdalik sovg‘alari, otkritkalar, milliy uslubdagi daftarlar, sumkalar, qo‘g‘irchoq, hattoki liboslar ham bo‘lishi mumkin. Yoqib qolgan esdalik sovg‘alarini fabrikadagi do‘kondan xarid qilish mumkin.

Ta’kidlash joizki, Samarqand qog‘ozidan nafaqat esdalik sovg‘alarini tayyorlashda, balki qadimiy qo‘lyozmalarni qayta tiklashda ham foydalaniladi. Bunday qog‘ozga butun O‘zbekiston bo‘ylab va xorijdan ham buyurtma tushadi.

Yaqinda Konigil qishlog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan. Bu yerda yangi sayyohlik yo‘nalishi ochiladi, mehmon uylari va hunarmandchilik markazlari bunyod etiladi.

Masalan, eski texnologiya asosida kulolchilik ashyolari, duradgorlik mahsulotlari ishlab chiqarish, o‘simlik moyi tayyorlash yo‘lga qo‘iladi. Mehmonlar Samarqand sholisini yetishtirish jarayonining guvohi bo‘lishadi. Qishloqda ko‘ngilochar va madaniy tadbirlar tashkillashtirilib, mehmonlar Samarqand guruchi va moyidan tayyorlangan palovdan tanovvul qilishlari, milliy musiqa asboblaridagi chiqishlardan bahramand bo‘lishlari va kulolchilik buyumlarini tayyorlashda ishtirok etishlari mumkin.

Izoh

1

👍👍👍💐

mohammad ramadhan | 02.10.2023

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring