Korrupsiyasiz yashashni bolalikdan boshlang!

198

Bolaligimizdan buyuk maqsadlarga erishishni, bilimli va muvaffaqiyatli insonlar bo'lishni orzu qilamiz. Ko'p odamlar o'z maqsadlariga erishish yo'lida turli tahdidlar va to‘siqlarga duch kelishadi va ko'plab yoshlar o'z maqsadlariga osonlik bilan erishish uchun noto'g'ri yo'l tutishadi. Bunday tahdidlardan biri korrupsiya.

Korrupsiya — jamiyatni turli yo‘llar bilan parokanda qiluvchi dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi ildiziga putur yetkazadi, inson huquqlari, qadr-qimmati, hayotda tutgan o‘rni va kelajagining buzilishiga olib keladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun qulay muhit hosil qiladi.
Yurtimizda ham ushbu illatga chek qo‘yish va uning ildizi bilan yo‘qotish har bir fuqaroning zimmasiga yuklatilgan burch bo‘lib, aqlini tanish yoshiga yetgan har bir kelajak avlodda unga qarshi immunitet hosil qilish va korrupsiya jamiyat taraqqiyoti kushandasi ekanligini uqtirib boorish lozim.

Mamlakatimizda iqtisodiyotning turizm va sport kabi sohalarining rivojlanishi tobora kuchayib bormoqda, Olimpiya va Paralimpiya musobaqalarida qo'lga kiritilgan yutuqlar tahsinga sazovor. Barchamiz korrupsion holatlarga “Yo‘q” deya javob berish va kelajak avlodning sog‘lom turmush tarzini korrupsiyasiz yaratishda barchamiz mas’uliyatni zimmamizga ola bilishimiz lozim.

Yurtimizda turizm yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan va tadbirkorlik yo‘lini tanlaganlar uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan va ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda korrupsion holatlardan chetlashib turizm sohasini rivojlantirish har birimizning maqsadimiz bo‘lmog‘i lozim.

Aziz yurtdoshlar, hayotingizda korrupsiya holatlariga duch kelsangiz quyidagi aloqa raqamiga murojaat qiling: +998 95 342 42 62

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring