Joriy yilning 30-aprel kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Kumushkon” va “Chashma” qishloqlariga “turizm qishlog‘i” maqomi berilishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, Parkent tumani hokimi Sardor Isoqulov, Kumushkon va Chashma qishloqlari mutasaddilari, tuman faollari, hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
“Kumushkon” va “Chashma” qishloqlari o‘zining betakror so‘lim tabiati, toza havosi, yashash tarzi, madaniy meros ob’ekti va ziyoratgohlari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. O‘tgan yili Parkent tumaniga 50 mingga yaqin xorijiy va 900 mingga yaqin mahalliy sayyohlar mehmon bo‘ldi. Mahallalarning turizm salohiyati va Respublika komissiyasining ijobiy xulosasiga ko‘ra Turizm qo‘mitasi “Kumushkon” va “Chashma” qishloqlariga “Turizm qishlog‘i” maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, - dedi Umid Shadiyev.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh