Kuzgi turizm

214

Kuz mamlakat bo‘ylab sayohat qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lishi mumkin, chunki havo endi issiq emas va hali yog‘ingarchilik kam, demak, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan madaniy obyektlarga tashrif buyurishga hech qanday to‘siq yo‘q. Ko‘plab bog‘lar va parklar kuzgi rang-baranglikka burkanadi. 

Kuz faslida anor, xurmo, behi, uzumning kechki navlari, olma, qovun kabi mazali mevalar pishib yetiladi. 1-sentyabrda O‘zbekiston Davlat Mustaqilligi kuni katta bayram sifatida nishonlanadi. Bu davrda maydon va xiyobonlar ayniqsa go‘zal bo‘ladi, konsertlar, yarmarkalar, tantanali feyerverklar o‘tkaziladi. 

Yilning bu faslida qadimiy joylarga borish, Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan tarixiy shaharlarni ko‘rish mumkin. Farg‘ona vodiysiga, Qo‘qon, Marg‘ilon va Rishton kabi hunarmandchilik markazlari joylashgan hududlarga tashrif buyuring. Yana bir shifobaxsh go‘sha O‘zbekistonning eng sharqiy nuqtasida joylashgan qadimiy Xonobod shahridir. 

Tog‘ dovoni orqali mashinada Qashqadaryoga borish mumkin. Kitob dovonidan Iskandar Zulqarnayn, Amir Temur va Marko Polo oʻtgan, undan moʻgʻullar, arablar va forslar foydalangan. Dovon Omonqo‘ton tizmasining bir qismi hisoblanadi. Ulug‘vor tog‘lar va qadimiy Kesh (Shahrisabz) vodiysining burmalariga kuzgi ranglar singib ketgan kuz faslida bu ajoyib, betakror tog‘ tizmalari juda katta taassurot qoldiradi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring