Mamlakatmizga G‘arbiy Yevropa davlatlaridan sayyohlar oqimini oshirish, shu jumladan, O‘zbekiston turizm imkoniyatlarini ushbu davlatlarda keng targ‘ib etishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida Turizm qo‘mitasi, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, Oshpazlar uyushmasi bilan birgalikda “Birlashamiz” shiori ostida “O‘zbekiston madaniyati kunlari va milliy taomlari festivali” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Londonning ramzi bo‘lmish “Tower Bridge” ko‘prigi yaqinidagi “Potters Fields Park” bog‘ida tashkil etilayotgan tadbirda britaniyaliklar va Londonda bo‘lib turgan xorijliklar uchun O‘zbekistonning boy madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish etiladi.
Ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan tadbirda yurtimizning san’at sohasi vakillari tomonidan o‘zbekona milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etilib, yig‘ilganlar e’tiborini qozonishmoqda.
Shuningdek, Bahriddin Chustiy boshchiligidagi mamlakatimizning mohir oshpazlari tomonidan milliy oshxonamizning shirin ta’mli yeguliklari va albatta, O‘zbekiston oshxonasining milliy brendi – Palov tadbir qatnashchilari uchun tayyorlandi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh