Lonely Planet: May oyida kamchiqim sayohatlar uchun qayerga borish mumkin

05.04.2022 1071

“Lonely Planet” mashhur turistik sayti butun dunyo bo‘ylab bahorda kamchiqim sarguzashtlar uchun  turistik joylar ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxatga 10 ta davlat kiritilgan.

“Mavsumdan tashqari narxlarni dunyoning ko‘plab qismlarida yaxshi ob-havo bilan birlashtirgan holda, May oyi turistlarga juda ko‘plab tanlovlarni taklif etadi. Shunday qilib, siz yovvoyi tabiatni ko‘rish, madaniy kechani o‘tkazish, ekstremal sarguzasht yoki narxlari qulay bo‘lgan manzilni izlayapsizmi, bu oyda sarguzashga bo‘lgan ishtiyoqingizni uyg‘otadigan qiziqarli hodisalar bo‘ladi." - deb qayd etadi nashriyot.

Italiyaning markaziy Abruso viloyatidan Indoneziyaning Komodo oroligacha, Kanadaning Nyufaundlenddagi “Aysberg vodiysi”dan tortib O‘zbekistonning Ipak yo‘lidagi shaharlarigacha bo‘lgan har bir mamlakat tajribasiz sayohatchi uchun arzon va kamchiqim, ko‘plab kutilmagan hodisa va sarguzashtlarga boy bo‘lgan turlarni tayyorlamoqda.

O‘zbekistonda Lonely Planet qadimiy Ipak yo‘lining rang-barang qadamjolari: karvonsaroylar, shaharlar, sharq ziravorlaridan bahramand bo‘lishni taklif etadi.

Nashriyot yurtimizning mashhur qadimiy – maqbaralar, naqshinkor masjid va madrasalar bilan jilvalanayotgan hamda tom ma’noda tarix ila nafas olayotgan Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida bahoriy ehtiroslarga shoʻngʻishni taklif etadi; May oyining oxirida Buxoroda oʻtkaziladigan anʼanaviy “Ipak va ziravorlar” festivaliga tashrif buyuring, bu festivalda har yili noyob madaniy meros, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan gilamdoʻzlar, hunarmandlar, musiqachilar va sanʼatkorlar o‘z mehnatlarini namoyish etadilar.

May – O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun eng zo‘r oydir. O‘rtacha harorat 20°C atrofida o‘zgarib turadi va bu sayohat hamda ekskursiyalar uchun eng yaxshi ob-havo sharoiti bo‘ldir, ayniqsa lolalar va o‘riklarning gullashi faqat go‘zal manzaralarni yanada jonlantiradi.

Shuningdek, turistik yo‘riqnoma O‘zbekiston bo‘ylab bahor faslida sayohat qilish shart bo‘lgan 11 ta diqqatga sazovor joylarni taqdim etdi. Bun ro‘yxatga doimiy turistik yetakchi manzilgohlar kirgan: Samarqand shahrining Registon maydoni, Go‘ri-Amir va Shoxi-Zinda maqbaralari, Bibixonim madrasasi, Buxoroning afsonaviy Poi-Kalon ansambli, Ark qal’asi va Chor-Minor madrasasi, shuningdek, Xivaning Ichan-qal'asi va Kalta minori.

Turistik yangiliklar orasida Farg‘ona vodiysi hududi – afsonaviy Xudoyorxon saroyi joylashgan Qo‘qon shahri, Surxondaryo viloyatidagi Termiz arxeologiya muzeyi va Qoraqalpog‘istondagi Qadimgi Xorazm Ellikqal’asi alohida qayd etilgan.

Foto manba:   mihtiander / Getty Images ,   MehmetO / Shutterstock ,   Megan Eaves / Lonely Planet.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing