Foto va Video

Lonely Planet O‘zbekistonning tog‘-chang‘i sportidagi imkoniyatlari haqida

1524

Lonely Planet: O‘zbekiston chang‘ichilar va snoubordchilar uchun Markaziy Osiyoda birinchi Shangri-La bo‘lishi mumkinmi?

Bu savolni shu yil qishda Toshkent viloyatining tog‘li hududlariga tashrif buyurgan Lonely Planet muallifi Mayk Makicheran berdi.

“O‘ta ehtiyotkorlik”, “tog‘li hududlar”, “noqulay ob-havo”, “ko‘chkilar zonasi”, “yovvoyi hayvonlar” va “hayot uchun xavfli” kabi ogohlantiruvchi iboralar bizning ongimizda mayda harflar bilan o‘rnashib qolgan. Shunga qaramay, bu xavf tezda mintaqaning yangi kutilmagan voqealaridan biriga aylanib bormoqda. Bu yerda sarguzasht izlovchilar (o‘zim ham ular orasidaman) Rossiyaning Mi-8MTB vertolyoti ularni g‘arbiy Tyanshanning 4200 m. balandlikdagi inson tegmagan cho‘qqilariga tashlab qo‘yishi uchun haq to‘laydilar. Men sakrab chiqqanimda baqirib aytadigan so‘zlarim bu yerda boshqa takrorlanmaydi”, – deydi Mayk.

Ski potential of Uzbekistan

Garchi ularning yovvoyi tabiatini o‘rganish unchalik oson bo‘lmasa-da, O‘zbekistonda inson butun vujudi bilan tog‘larga qiziqib qolish juda oson.

Poytaxt Toshkent chetidan 90 km. shimolda joylashgan Ugom-Chotqol milliy bog‘idan boshlab yoyilgan, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan Chotqol tog‘ tizmasi deyarli hech kim yashamaydigan bepoyon yovvoyi hududdan iborat jug‘rofiy poklik namunasidir.

O‘zbekistonning Ipak yo‘lidagi yo‘nalishi yozgi sayohat joyi bo‘lib turganida (Samarqand, Buxoro va Xivada siz orzu qilgan qadimgi qal‘alar va madrasalarning xarobalari bor), bu yerda, Markaziy Osiyoning ko‘pgina joylarida bo‘lgani kabi, qishki turizm an’anaviy ravishda deyarli mavjud bo‘lmagan.

Chimgan ski town

O‘zbekiston Tyanshanidagi chang‘ichilar uchun shart-sharoitlarga chidasa bo‘ladi: asl Chimyon tog‘ chang'isi shaharchasida bitta tortma va suyanchiqli ko‘tarma yo‘l, bir nechta retro-buksirlar, trassadan tashqarida shashlikxona hamda choyxo‘rlar, qo‘y boquvchilar va ot savdogarlari to‘ldiradigan bozor mavjud. Beldersoy yaqinida, Katta Chimyon cho‘qqisi soyasida sho‘ro davrining sovuq jozibasi ufurib turgan katta suyanchiqli ko‘tarma yo‘l va mehmonxona bor.Chimgan ski town

Biroq bu yerdan atigi bir necha kilometr narida o‘zgarishlar va sun’iy qor havoda uchib yuribdi: 2019-yilning oxirida ochilgan qiymatii 100 million yevrolik yangi kurort Sent-Moritsagidan ko‘ra kamroq darajada kommunistik haykalga o‘xshaydi.

Bu yerda sun’iy charmdan bezatilgan va isitiladigan polga ega yog‘och uylar, geodezik gumbazli restoranlar va Kurshevelni eslatuvchi qor tozalaydigan mashinalar turibdi. Kunduzi mehmonlar O‘zbekistonda birinchi gumbazli yangi yorqin gondola va to‘rt g‘ildarakli suyanchiqli ko‘tarma yo‘lda iffati tegilmagan toza qiyaliklar bo‘ylab uchishadi hamda qordayurar mashinalarda  oppoq qor uyumlari bo‘ylab tepaga va pastga qarab sirpanishadi.

 Snow-white snowdrifts

Bu Amirsoy bo‘lib, 2017-yilda 44 yoshli o‘zbekistonlik neft va gaz sohasi biznesmeni Ravshan Abdullayev birinchi marotaba chang‘ida uchish orqali balandlikdan qo‘rqishni yengishga qaror qilganidan keyin paydo bo‘lgan. Ushbu o‘ta qo‘l kelgan avantyura g‘arbiy Tyanshan tog‘larini ehtimoli kam qishki turistik makonga aylantirish rejasining birinchi qurilishini harakatga keltirdi.

Ushbu dam olish maskani, shubhasiz, Markaziy Osiyoda yangi tetiklantiruvchi qiyofani yaratadi, biroq yana shunday hissiyot borki, unga fuqarolik burchi turki berayotgandek.  Maskan dekabr oyining oxirida ochilganidan beri unga 150 mingdan ortiq odam tashrif buyurgan.

"Bu yerda tog‘ chang'isi madaniyati yo‘q", – deydi Ravshan. Mahalliy aholi gondolada uch marta aylanadi, bu xuddi umrida birinchi ko‘rishga o'xshaydi. Shu tariqa, biz qishki sportning butun jamiyati va madaniyatini butunlay yangidan  barpo qilmoqdamiz”.

 Amirsoy

Ma’lum bo‘lishicha, Amirsoy bu katta loyihaning boshlanishi xolos. Avval Chimyon va Beldirsoyni yangilash, so‘ngra ularni Amirsoy bilan birlashtirish orqali ulkan tog‘ chang‘i zonasini yaratish g‘oyatda jozibali reja bo‘lib, bu Fransiyaning Le-Trua vodiysi yoki Britaniya Kolumbiyasidagi Kanada Uistler Blekkombining Markaziy Osiyodagi ekvivalenti sifatida paydo bo‘ladi. Ravshanning aytishicha: "Bu orzuga bog‘liq, shuning uchun biz katta orzu qilamiz".

Ushbu urinish jiddiy xavflar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning aksariyati keyinga qoldiriladi. Lekin agar Ravshan va uning jamoasi ishni davom ettirsa, ular Markaziy Osiyo turizmini ajoyib yangi cho‘qqilarga olib chiqishi mumkin.

Izoh

1

31 июля вертолётный парк компании Uzbekistan Helicopters пополнился AIRBUS H-125. больше подходит для машин VIP категории и рассчитана на 3 пассажиров. А вы летали на бюджетном МИ-8.

Алиса В Зазеркалье | 16.02.2022

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring