Joriy yilning 23-noyabr kuni mashhur Fransiyaning Parij shahridagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ilk ko‘rgazma – “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo'llari chorrahasida”. Ushbu ko‘rgazmada 138 ta noyob eksponat namoyish etiladi.
Ayni paytda ushbu ko‘rgazma uchun maxsus o‘zbek va fransuz mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston muzeylaridan 70 ga yaqin eksponatlar restavratsiya qilinib, 3 oy ichida san’at ixlosmandlariga taqdim etiladi.
Ko‘rgazmada zamonaviy O‘zbekistonning janubiy qismidan o‘tgan Buyuk ipak yo‘li haqida hikoya qilinadi. Uning ekspozitsiyasi deyarli ikki ming yillik davrni qamrab oladi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniyatlararo hamkorlik uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mintaqaning boy madaniyatini xalqaro tomoshabinlarga taqdim etadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh