Foto va Video

Toshkentda “MAKON FEST – 2024” III milliy san’at va an’analar festivali bo‘lib o‘tadi

19.03.2024 91

20-24-mart kunlari poytaxtimizdagi “Milliy bog‘” O‘zbekiston Milliy bog‘ida – “MAKON FEST – 2024” III milliy san’at va an’analar festivali bo‘lib o‘tadi.

Tadbir milliy meros va vatanparvarlik atrofida birlashish g‘oyasini aks ettiruvchi “Biz bir Makon – biz O‘zbekiston” shiori ostida o‘tkaziladi.

Festivalda Toshkent shahri aholisi, shuningdek, Italiya, AQSh, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Shveytsariya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Ispaniya, Gretsiya, Qozog'iston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar va sayyohlarni o'ziga jalb qiladi.

Tadbir dasturidan musiqiy va raqs guruhlari chiqishlari, an’anaviy xalq bayramlari va o‘yinlari, sharq yarmarkasi, o‘zbek hunarmandlarining mahorat darslari, modalar namoyishi, ko‘rgazmalar o‘rin olgan bo‘lib, hamda 10 tonnalik sumalak tayyorlash rejalashtirilgan.

“MAKON FEST – 2024”ning yakuniy kunida taniqli estrada san’atkorlari, folklor jamoalari gala-konserti hamda iste’dodli san’at va hunarmandchilik ustalari, oshpazlar, dizaynerlar va folklor jamoalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing