Foto va Video

O‘zbekiston-Singapur turizm yo‘nalishi tadbirkorlari ochiq muloqoti o‘tkazildi

14.08.2023 310

Bugun, 24-may kuni Toshkent shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston-Singapur turizm yo‘nalishi tadbirkorlari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning mamlakatimizga ilk davlat tashrifi doirasida tashkil etilgan tadbirda singapurlik turoperatorlar va OAV vakillaridan iborat delegatsiyasi hamda mahalliy turizm sohasi vakillari bilan B2B uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida fikr almashishdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari U.Azamov kirish so‘zi bilan ochib berdi va ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyat va turizm sohasida aloqalarni mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, kelgusida  Singapurning boy turistik salohiyatidan kelib chiqib, O‘zbekistonga ushbu davlatning yetakchi turizm sohasi vakillari va OAVlarini tashrifini tashkillashtirish borasida ham so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng ikki davlat turoperatorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar oʻtkazildi va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha yangi qadamlar qo‘yildi. Bugungi kunda O‘zbekiston sayyohlik bozorida o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan bir qator tur kompaniyalar (“Protravel”, “East Asia Point”, “Orient Mice DMC”, “Asialuxe”, “Mercury Tour”, “Sitara International”, “Peopletravel”, “Grand Evroasia Group”, “Sanat Travel”) va Singapurning (“EU Holidays”, “Pegasus Travel Management”, “Green Island Tours”, “PlanTrip”) bir guruh turoperatorlari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda Singapur Respublikasi bilan madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda ushbu davlatdan mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Singapurning sayyohlik agentliklari milliy assotsiatsiyasi (NATAS) boshchiligida Singapurning yetakchi sayyohlik kompaniyalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun info-tur tashkil etilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing