Foto va Video

Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etilmoqda

24.11.2023 336

Mamlakatimizga Yaponiyadan sayyohlar sonini oshirish, tarixiy shaharlarimizning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi tomonidan Nara meriyasi bilan hamkorlikda bepul asosda ushbu shahardagi asosiy 12 ta (Nara Terminal, Nara, Shin-Omiya, Yamato-Saydayji, Xeyjyo, Takanoxara, Amagatsuji, Nishinokyo, Ayameike, Tomio, Gakuen-mae, Nara Tomigaoka) asosiy temir yo‘l bekatlaridagi 16 ta monitorlarda mamlakatimizning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklarni namoyish qilish masalasi ishlab chiqildi. Targ‘ibot roliklari noyabr oyidan boshlabi 6 oy davomida har kuni soat 06.00-23.30 oralig‘ida, har 5 daqiqada namoyish qilinmoqda.

Videoroliklar “O‘zbekiston – Ipak yo‘li gavhari” mavzusida tayyorlanib, mamlakatimizning Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Toshkent shaharlarining tarixiy va zamonaviy obyektlari namoyish qilingan.
Turizm targ‘ibot roliklari o‘rnatilgan 12 bekat Naraning tarixiy obidalariga yaqin joylashgan. Shuningdek, Yaponiya turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, j.y. yanvar-oktyabr oylarida Nara shahriga 10 millionga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Shu munosabat bilan, ushbu targ‘ibot jarayoni nafaqat Nara shahri aholisi uchun, balki ko‘plab xorijiy sayyohlarga ham mamlakatimizning boy sayyohlik salohiyatining targ‘iboti sifatida xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: 

Nara shahri Yaponiyaning tarixiy poytaxti, eng qadimiy shahri hisoblanadi. Ushbu shahar Yaponiyaning sayyohlik markazlaridan biri bo‘lib, unda Todayji, Yakushiji, Xeyjyo, Kofukuji, Kasuga tayshya kabi YUNЕSKO ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy obidalar joylashgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing