Foto va Video

Malayziyaning “RTM” telekanali muxbirlari O‘zbekistonda

16.10.2023 253

O‘zbekistonning boy madaniy merosi, betakror tarixiy obidalari, milliy qadriyatlari va mehnatsevar xalqi azaldan chet elliklarda katta qiziqish uyg‘otib kelgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizga tashrif buyuruvchi xorijiy delegatsiyalar, ommaviy axborot vositalari, qolaversa, sayyohlarning soni sezilarli darajada ortib bormoqda. 

 Joriy yil 2-oktyabrdan 15-oktyabrga qadar  Malayziyaning “RTM” telekanali muxbirlari O‘zbekistonda bo‘ldilar. Mehmonlar Vatanimizning yuragi bo‘lmish Toshkent shahrida, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib, yurtimiz durdonalaridan ulkan taassurot oldilar. Mamlakatimizda barcha sohalarda, xuxusan, turizm sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar Malayziya ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan alohida e’tirof etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing