Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Malayziyaning RTM telekanali ijodkorlari Buxoro haqida hujjatli film suratga oldi

21.08.2024 342

O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilish va Malayziyadan turistlar oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida, Malayziya RTM teleijodkorlari Buxoroning ziyorat turizmi salohiyati haqida hujjatli film suratga oldi.

Filmdan Bahouddin Naqshband, Ismoil Somoniy, Ark qal’asi, Ustoz-shogird miniatyura markazlari va muqaddas qadamjolar o‘rin olgan.

“Mazkur hujjatli film 10 qismdan iborat bo‘lib, shundan 2 ta qismini Buxoroga ajratdik. Chunki biz Buxoroning “Qubattul islom” ekanligidan xabardormiz va, o‘ylaymanki, ramazon oyida efirga ketadigan bu film malayziyalik teletomoshabinlarga manzur keladi”, – deydi RTM telekanali prodyusseri Ahmad Fayzal bin Muhammad.

Loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing