Foto va Video

Malayziyaning “TV Okey” davlat telekanali orqali O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari targ‘ib etilmoqda

10.05.2024 143

Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 3–10-may kunlari Malayziyaning “TV Okey” davlat telekanali buyurtmasiga binoan “Sulalatus Salatin Sdn Bhd” media kompaniyasi ijodiy guruhining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, Malayziya davlat teleradiokompaniyasining “TV Okey” telekanali ommabop madaniy-ko‘ngilochar segmentida mashhur hisoblanadi. Telekanal mamlakat hududidan tashqari, Singapur, Tailand, Shimoliy Indoneziya, Filippin davlatlarida ham translyatsiya qilinadi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Malayziyada O‘zbekistonning turizm salohiyati, madaniy hamda tarixiy merosiga oid bag‘ishlangan turkum teledasturlar uchun 6 ta epizoddan iborat qiziqarli mediakontent tayyorlab, namoyish etishdir.

Teleko‘rsatuvlar ikki asosiy qismdan iborat bo‘ladi. Ularning bir qismi Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining madaniy merosi, turizm infratuzilmasi va tabiat boyliklariga bag‘ishlanadi.

Qolgan epizodlar gastronomik va agro-turizm salohiyatini yoritib berish maqsadida milliy taomlar restoranlari va bozor rastalari, xususan Toshkentdagi Chorsu bozori, Samarkanddagi Siyob bozori va boshqa joylarda suratga olindi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing