Foto va Video

Mamlakatimizning turizm salohiyati haqida Yaponiya yozuvchisi tomonidan sayohatnoma chop etiladi

10.07.2023 383

Joriy yilning 2-iyun – 27-iyul kunlari Yaponiyaning TATSUMI nashriyoti yozuvchisi va fotografi Azusa Shiraishining O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilinmoqda.

Tashrif Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tashifdan ko‘zlangan maqsad TATSUMI nashriyoti tomonidan O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari haqida sayohatnoma chop etish. Sayohatnoma taxminan
4 000 nusxada bo‘lishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, TATSUMI – Yaponiyaning 1967-yilda asos solingan nashriyoti bo‘lib, sayohat, hayvonot, baliqchilik va sport sohasidagi mavzular yoritib boriladi. Shuningdek, oshpazlik, tibbiyot va hunarmandchilik sohalarida amaliy qo‘llanmalar ham nashr qilinadi.

Ta’kidlash kerakki, yaponiyalik yozuvchi A.Shiraishi mamlakatimizning yuksak madaniyati, turizm salohiyati, tarixiy obidalari, milliy taomlari, hunarmadchilik mahsulolari va boshqa diqqatga sazovor joylarni tasvirga olish maqsadida Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahriga tashrif buyuradi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing