O‘zbekiston sayyohlik bozori qiziqarli va jo‘shqin voqealarga boy. “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi (TXTY) O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi turizm sanoatidagi eng yorqin, keng ko‘lamli tadbirdir.
Shu yilning 30-noyabr kuni “O‘zekspomarkaz”da TXTY-2022 ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK va SAYS.
TXTY 1995-yildan beri BMT Jahon Turistik Tashkilotining rasmiy ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda. Har yili ko‘rgazma butun dunyodan sayyohlik biznesi mutaxassislarini jamlaydi. Masalan, 2019-yilda oflayn tartibda o‘tkazilgan so‘nggi yarmarka TXTY tarixidagi eng yirik yarmarka hisoblanadi. Ushbu yarmarka bir nechta rekordlarni o‘rnatgan:
- 23 mingdan ortiq ishtirokchilarning tashrifi, ulardan 1000 dan ortig‘i turizm sohasidagi xorijiy mutaxassislar;
- 15 mingdan ortiq muzokaralar o‘tkazilib, 9 mingdan ortiq hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarning imzolanishi; Koreya, Misr, Malayziya, Hindiston, Qirg‘iziston, Tailand, Qozog‘iston, Ukraina, Rossiya, Gruziya, Xitoy, Belarus Respublikasi, Indoneziya va BAA kabi mamlakatlarning eng mashhur kompaniyalari vakillari bilan rekord darajadagi kelishuvlar imzolanishiga erishildi. Bunda, Gruziya TXTYda birinchi marta ishtirok etdi. Shuningdek, xorijlik ishtirokchilar roʻyxatida Singapur, Turkiya, Isroil, Koreya, Belgiya va Fransiyadan kelgan mehmonlar bor edi.
Ikki yillik tanaffusdan so‘ng Toshkentda yana yarmarka eksponentlariga turizm sohasi mutaxassislari bilan uchrashish imkoniyatini beradigan, ko‘plab xorijiy davlatlarning o‘z stendlari bilan ishtiroki rejalashtirilayotgan TXTY-2022 ning katta qaytishi kutilmoqda.
TITF-2022 haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: http://titf.uz/uz/
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh