Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi Euronews nigohida

919

2021-yil 22-iyul kuni “Euronews” telekanalida 15-16-iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy aloqalar” Muammolar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasiga bag‘ishlangan videolavha efirga uzatildi.

Konferensiyadagi asosiy e’tibor Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqalararo munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirish, Afg‘oniston orqali savdo yo‘llarini tiklash masalalariga qaratildi. Shuningdek, qurulish savdo, transport, infratuzilma va turizm sohalarida taklif etilgan rivojlanish loyihalari haqida ham ma’lumot berildi.

Yevropa telekanali, “O‘zbekiston infratuzilma loyihalarida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish tarafdoridir” deya ta’kidlamoqda.

Bunday loyihalar orasida qo‘shni mamlakatga elektr energiyasi yetkazib beriladigan Afg‘oniston shaharlariga yangi elektr uzatish liniyasi qurilishi ko‘zda tutilgan. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjaev ta’kidlaganidek, “Hozir O‘zbekiston bozorning qariyb 40 foizini egallab turibdi, EUL qurilishi tugallangandan so‘ng ta'minot hajmi 2,5 barobarga ortadi".

“Transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish- dengiziga chiqmaydigan Markaziy Osiyo mamlakatlarining asosiy vazifalaridan biridir”. - deydi Euronews.

Mamlakatimiz Afg‘oniston orqali Pokistonga temir yo‘l o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Janubiy va Markaziy Osiyoni birlashtirib, Mozori-Sharif—Qobul—Peshovar yo‘li nafaqat Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun, balki butun mintaqa uchun ham avfzalliklar yaratishi mumkin, bu esa dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan Markaziy Osiyo davlatlarini Pokiston dengiz portlariga to‘g‘ridan — to‘g‘ri yo‘lni ochishga yordam beradi va bundan keyin esa Hindistonga yo‘l ochiladi.

Yevropa telekanali Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida transport yo‘laklari tashkil etilganda, okeanga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan qit’alararo mamlakatlar yirik xalqaro portlarga chiqish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishiga va global xalqaro savdo tarmog‘ining bir qismi bo‘lishiga bir ovozdan ishongan xorijiy va o‘zbekistonlik ekspertlarning sharhlarini keltirib o‘tgan.

Syujetni tomosha qiling.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring