Foto va Video

Mehrli kitoblar mehrli qo‘llarga

830

14-fevral kuni dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni nishonlanadi.

Shu kuni odamlar kitoblarni do‘stlari, qarindoshlari va hatto notanish insonlar bilan, ayniqsa do‘stlik, anglash, mehr va ijobiy his-tuyg‘ularga muhtoj bo‘lganlar bilan bo‘lishadi.

Bugun Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov Respublika onkologiya markazining alohida bemor bolalariga mehrini ulashdi.

Turizm va sport vaziri bolalar bilan suhbatlashib, sog‘lik-salomatlik, tezroq sog‘ayib ketishiga ishonch tilab, bemorlarning madaniy hordiq chiqarishi uchun qimmatbaho turkum kitoblarni sovg‘a qildi.

2003-yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 15-fevral butun dunyoda Xalqaro saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Mintaqada bolalar o‘rtasida onkologik kasalliklarning rivojlanishi muammosi juda dolzarb bo‘lib kelayotgani e’tiborga molik. O‘zbekistonda har yili 900 ga yaqin bola onkologik kasalliklar bilan kasallanadi, ammo omon qolish darajasi 30-40 foizni tashkil qiladi.

2021-yil aprel oyida mamlakatimiz hukumatining onkogematologik va davolab bo‘lmaydigan kasalliklardan aziyat chekayotgan shaxslarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, mazkur jamg‘arma mablag‘lari asbob-uskunalar, dori-darmonlar, tibbiy buyumlar va laboratoriya reaktivlarini xarid qilishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, jamg‘arma tomonidan onkologik kasalliklar bo‘yicha murakkab operatsiyalarni o‘tkazish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish ta’minlanadi.

Jamg‘arma respublika hududidagi turli tibbiyot muassasalarida yuqori texnologiyali diagnostika va tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlarni bemorlarning xarid bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring