Mevlut Chavusholgu: “O‘zbek matolari atlas va adras nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda mashhur”

14.07.2021 588

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavashoglu bugun Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga tashrif buyurib, milliy matolar va qadimiy gilamlarning qo‘l san’atlarining ijod na’munalari bilan tanishdi.

Mevlut Chavashoglu atlas va adras kabi o‘zbek matolari nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda juda mashhur ekanini ta’kidladi. Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan noyob qo‘l kashtachilik san’ati Xorijiy delegatsiyada alohida hayrat va havas uyg‘otdi.


Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda YUNESKOning nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning qarori bilan o‘zbek an’anaviy atlasini va adrasni tayyorlash texnologiyasi YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni asrash bo‘yicha ilg‘or tajribasi reestriga kiritilgan. Noyob amaliyot “Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi, atlas va adrasni himoya qilish, an’anaviy texnologiyalarni yaratish” deb nomlangan.

Marg‘ilon bo‘ylab Mevlut Chavushogluning ta’sirlanarli safaridan so‘ng, Oltiariq tumaniga-mazali qovun va uzumlar makoniga yo‘l olindi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing