Milliy uzumchilik fermalari va vino olamiga sayohat

2489

O‘zbek milliy vino mahsulotlari mintaqada mashxur hisoblanib betakror ta’m va sifatga ega. Ushbu ichimlik turi o‘zida tabiiy va shifobaxsh bo‘lgan qo‘shimchalarni saqlagan xolda xo‘rrandalar iste’moli uchun yetkazib berilmoqda.

Vino (sharob) – fermentlangan meva suvidan tayyorlanadigan alkogolli ichimlik bo‘lib meva sharbati achitqisi undagi fruktozani spirtga aylantirishi natijasida hosil bo‘ladi. Sharob koʻpincha uzumdan, baʼzi hollarda esa olma, anor marjonmeva yoki boshqa mevalardan ham tayyorlanadi.

Qadimdan ma’lumko sharq o‘lkalarida vino so‘zi bilan emas aksincha sharqona nom bilan ya’ni musallar, sharob deya tilga olingan. Dunyo bo‘ylab 45 ta mamlakatda vino sanoati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib mamalakatimiz ham sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha mintaqada nufuzli o‘rinlarni egallagan.

Ushbu ichimliklarni tayyorlash jarayoni va tayyorlovchi uzumchilik fermalari haqida bilib olishingiz va albatta do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan birgalikda ushbi fermalarga sharob tatib ko‘rish uchun mahsus sayohatlarni uyushtirishingiz mumkin.

Château Hamkor – uzumchilik fermasi. Toshkent viloyati Parkent tumani Namdanak qishlog‘ida joylashgan ushbu ho‘jalik o‘z uzumzorlarida ishlab chiqariladigan vino mahsulotlari eksport qiluvchi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bu yerda “Pinot Noir”, “Riesling”, “Cabernet Sauvignon”, “Saperavi”, “Soyaki” kabi murakkab uzum navlari yetishtiriladi. “Hamkor Château” o‘zining vino yerto‘lalari bilan ham mashhur bo‘lib, unda tanlab olingan kolleksiya vinolarining yetuk navlari ham maxsus eman bochkalarida, ko‘p yillik shishalarda saqlanib kelibmoqdas.

Uzumfermer – uzumchilik fermasi. Toshkent viloyati Qibray tumani Kattasuv pasyolkasida joylashgan ushbu ho‘jalik 21 ga hududda tashkil etilgan uzumzorlarida 100 dan ortiq turdagi uzumlar yetishtiradi. Shulardan 20 turdagi uzumlar shaxsiy kolleksiyasi hisoblanadi. Uzumchilik fermasi hududidi: 10 xonalik kichik mehmonxona, baliqchilik uchun kichik hovuz, workout va sport maydonchasi va albatta uzumzorlardan tashkil topmgan.

Ferghana France – Farg‘ona shahrida joylashgan bo‘lib, korxona yuqori sifatli quruq oq va qizil vino va vino mahsulotlari, vintaj va desert vinolari, konyak, aroq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 520 gektar maydonda turli xil uzum navlari yetishtiriladi. Korxonaga kiraverishda shinam restoran joylashgan bo‘lib, u yerda sayyohlar dam olishlari, turli yevropa va milliy taomlar, qandolatchilik mahsulotlarini lazzatlanishlari, shuningdek, turli vino ichimliklaridan tatib ko‘rishlari mumkin. Bu yerga turistik guruh bilan ham, mustaqil ravishda ham tashrif buyurishi mumkin. Ekskursiya davomida siz vinochilik tarixi haqidagi hikoyalarni eshitishingiz, vino saqlash yerto‘lalari bo‘ylab sayr qilishingiz, vinolarni idishlarga quyish jarayonini tomosha qilishingiz, eng muhimi – korxonada ishlab chiqarilgan vino navlarini professional tarzda tatib ko‘rishingiz mumkin.

Bog‘izag‘on – vodiysidagi fermer xo‘jaligida yuz yildan ortiq vaqtdan beri vinochilik yo‘lga qo‘yilgan. Besh avloddan beri uzumzorlar yetishtirilib, qadimiy texnologiyalar asosida sharob ishlab chiqariladi. Vaqt o'tishiga qaramay, har bir tok uchun munosabat va ehtiyotkorlik o'zgarmadi. Har bir uzum navi an’anaviy uslubni hurmat qilgan holda, ko'chat ekishdan tortib to hosilga qadar individual yondashuvni talab qiladi.

Bugungi kunda viloyatda bir nechta vino zavodlari mavjud bo‘lib, ular orasida 300 gektar yerga ega Bog‘izag‘on zavodi 1994-yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda 20 turdan ortiq vinochilik mahsulotlari yaratilib, har bir uzum naviga ekin ekishdan tortib to hosilga qadar alohida e’tibor va mas’uliyat bilan yondashadi.

Har bir sayyoh uchun bu yerda ekskursiyalar o'tkaziladi, unda siz vino tayyorlash, hosil yig'ish jarayonini kuzatishingiz mumkin va, albatta, bu mashxur ichimlikni tatib ko'rishingiz mumkin!

Tabiat qo‘ynida, toza havo bag‘rida, uzumchilik fermalarida siz yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan maroqli hordiq chiqarishingiz va esda qolarli lahzalarni tarixga muhrlashingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring