Shu tarzda "MIR 24" telekanalida O‘zbekiston haqidagi roliklar turkumi joylashtirildi.
O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy, madaniy va tabiiy merosi tufayli ulkan sayyohlik salohiyatiga ega. Mamlakat tarix va tabiatga qiziquvchi, shuningdek, mahalliy madaniyat va an’analar bilan tanishishni istovchi sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda.
Ma’lumot uchun: "Mir" davlatlararo teleradiokompaniyasi 1992-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorligini yoritish, umumiy axborot makonini shakllantirish hamda xalqaro axborot almashinuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Kompaniyaning hammuassislari Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Gruziya, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasidan iborat.
Bugungi kunda "Mir" MTRK tarkibiga "MIR" va "MIR 24" telekanallari, "MIR" radiosi, "MIR24.TV" multimedia internet portali va "MIR-Teleport" ko‘p funksiyali sun’iy yo‘ldosh tizimi kiradi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh