Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Moskvada “Russian Traveler” jurnalining O‘zbekiston haqidagi maxsus soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi

20.09.2024 335

Moskvada “Russian Traveler” jurnalining O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston – Sharq ertagi” rangli tasvirlangan nashri o‘quvchilarga O‘zbekistonning barcha viloyat va shaharlariga tashrif buyurishning jozibali jihatlarini to‘liq ochib beradi, shuningdek, o‘zbek xalqining boy madaniyati, an’analari, go‘zal manzaralari, oshxonasi va mehmondo‘stligi haqida so‘z boradi.

Bundan tashqari, maxsus sonda rossiyalik sayyohlarga O‘zbekistonda dam olishni qanday o‘tkazish, qaysi maskanlarga borishni va ular qayerda joylashgani haqida maslahatlar berilgan.

Jurnalda shuningdek, O‘zbekistondagi turli ko‘ngilochar tadbirlar haqida ma‘lumot berilgan: Navro‘z va Lazgi kabi etnik-madaniy festivallardan tortib, Gastro Bazar kabi o‘zbek oshxonasining an’anaviy taomlariga bag‘ishlangan gastronomik festivallargacha.

Umuman olganda, jurnalning informatsion va ma’rifiy mazmuni rossiyalik o‘quvchilarga O‘zbekistonning turistik va madaniy jozibadorligiga yangicha nazar tashlash imkonini beradi.

Jurnal nafaqat bosma shaklda, balki "Russian Traveler" nashrining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali raqamli shaklda ham keng tarqalgan.

jurnalning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 2 milliondan oshmoqda, rasmiy sahifasi esa oyiga taxminan 4 million marta ko‘riladi.

Maxsus nashr 10 ming nusxada chiqarilgan bo‘lib, u Rossiyaning yetakchi turizm operatorlari va kompaniyalari, shuningdek, Rossiyaning biznes va tijorat doiralari orasida, shuningdek, Moskva aeroportlarida tarqatilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing