Mo‘ynoqda "Stixiya" elektron musiqa festivali o‘tkazilmoqda

07.06.2024 354

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahrida 5-8-iyun kunlari navbatdagi "Stixiya" elektron musiqa, sanʼat va ilm - fan festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festivalda jahonga mashhur musiqachilar, DJ‘lar, prodyuserlar, rassomlar va olimlar ishtirok etishmoqda.

Bugungi kunda "Stixiya" bir necha loyiha uyg‘unlashuviga aylandi. Jumladan, “Stixiya Gen loyihalari”, “Forum Stixiya N+1” va turli ijtimoiy tashabbuslarni qamrab olgan.

"Stixiya" elektron musiqa, sanʼat va fan festivali g‘oyasi 2017-yilda Mo‘ynoq shahrida Orol dengizining ekologik halokatidan xabardorlikni oshirish va mintaqaning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekistonda yashovchi xalqlarni butun dunyoga tanitish maqsadida ishlab chiqilgan. 2018-yilda elektron musiqiy tadbiri sifatida boshlangan bo‘lib, hozirda musiqa, madaniyat, sanʼat va ilm-fanning ko‘p qirrali yo‘nalishiga aylangan.

Festival haqidagi batafsil maʼlumotlarni rasmiy stihia.org veb-saytidan olish mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing