O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan “Mustaqil O‘zbekiston ko‘p millatli bir xalqdir” nomini olgan tadbir Toshkent viloyatining Chinoz tumani Eshonobod qishlog‘ida viloyati hokimligi va turizm va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, mahalliy aholisi va unga tashrif buyurgan madaniy markazlar rahbarlarida katta qiziqish va yorqin xotiralar qoldirdi.“Ko‘p millatli Eshonobod qishlog‘ida rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, o‘zbek va boshqa millat vakillari hamjihatlikda yahshab kelmoqdalar. Qishlog‘imizda bunday tadbirlar o‘tkazilishi va uning etnik turistik qishloq nomi bilan yuritilishi barchamizni quvontirmoqda” Qishloq raisi Kukuzov Kenbay.Tadbirda Milliy madanoy markazlar (rus, qozoq, turkman, tojik, qirg‘iz) raxbarlari ishtirok etdilar va tadbir ochilish marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuborgan tabriglariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.Faxriy nuroniylar, yoshlar va hudud aholisi jamlangan ushbu tadbirda mehmonlarga qishloqda tashkil etilgan millatlar o‘tov uylari va milliy folklyor jamoalari tomonidan tayyorlangan raqslar va milliy taomlar taqdimoti tadbirga o‘zgacha fayz olib kirdi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanining “Pshag‘or” mahallasi va Sh. Rashidov tumanining “Ravot” mahallasida huddi shunday tadbirlar 2021-yilning 28-avgust kuni tashkil etish va aholining mustaqilligimizning 30 yilligini arafasida ko‘ngilochar bayramlarda hordiq chiqarishlari rejalashtirilgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh