Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

National Geographic Traveler jurnali O‘zbekistonni Osiyoning eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etdi

26.02.2026 119

Xalqaro National Geographic Traveler jurnalida polshalik jurnalist Agneshka Franusning O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan maqolasi chop etildi. Material “Osiyoning 30 ta eng go‘zal shahri” maxsus soniga kiritilib, mamlakat mintaqaning eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Muallif Samarqand, Buxoro va Xiva kabi Buyuk Ipak yo‘li shaharlari boy tarixiy-madaniy merosi va noyob me’morchiligini alohida ta’kidlaydi. Maqolada YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obidalar, jumladan Registon, Shohi Zinda va Ichan qal’a majmualari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, rivojlangan infratuzilma, sayohat xavfsizligi, qulay narxlar va o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi mamlakatning ijobiy turistik imijini shakllantirayotgani qayd etilgan. 

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar