Avval xabar qilinganidek, O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilish maqsadida “National Geographic Traveler” yetakchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan edi.
Ushbu loyiha doirasida “National Geographic Traveler” nashrida O‘zbekiston tabiatiga bag‘ishlangan navbatdagi maqola chop etildi. Materialda ulug‘vor tog‘lar va cheksiz cho‘llardan tortib, go‘zal daryo va ko‘llargacha bo‘lgan noyob tabiat manzillariga alohida e’tibor qaratilgan. Jurnal o‘quvchilari kam ma’lum, ammo qiziqarli ekoturizm yo‘nalishlari bilan tanishishlari, shuningdek, O‘zbekistonda yashovchi o‘simlik va hayvonot dunyosining noyob turlari bilan tanishishlari mumkin.
Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning turistik salohiyati va jozibadorligini targ‘ib qilishdan iborat.
Ma’lumot uchun:
"National Geographic Traveler" Amerika jurnali Milliy geografiya jamiyati (National Geographic Society) tomonidan 1984-yildan beri nashr etib kelinadi.
urnal 20 mamlakatda, 10 xil tilda nashr etiladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh