Foto va Video

“Непутевые заметки” teledasturi ijodiy guruhi O‘zbekistonda

26.03.2024 531

Turizm qo‘mitasi tomonidan Rossiya televideniesining “Первый канал”da muntazam ravishda namoyish etiladigan “Непутевые заметки” teledasturining navbatdagi sonini O‘zbekistonda tasvirga olish maqsadida telekanal ijodiy guruh vakillarining mamlakatimizga tashrifi tashkil etildi.

Butun dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq tomoshabinlarni o‘ziga jamlab olgan teledastur ijodkorlari O‘zbekistonning turizm salohiyati, tarixi, madaniyati va gastronomiyasini nafaqat rus, balki xorijiy tomoshabinlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida, Buxoro va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrining tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, hunarmandlar, milliy taomlarimiz va an’analarimiz bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga, xorijiy mehmonlarga yurtimizda turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar, hamda sayyohlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing