Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

The News International nashri O‘zbekistonning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi

08.09.2022 708

Pokistonning mashhur The News International saytida mamlakatimiz haqida “O‘zbekistonda vaqtichog‘lik qilamiz” nomli maqola chop etildi. Nashr o‘quvchilarida Shanxay hamkorlik tashkiloti blogerlaridan biri Sana Tosifning blogida O‘zbekiston me’morchiligi, madaniyati va tarixi bilan tanishish imkoniyati paydo bo‘ldi.

The News International - keng varaq formatida chop etiladigan, Pokistondagi eng yirik ingliz tilidagi gazetalardan biridir. Londondan Birlashgan Qirollikning Pokiston jamiyati uchun mo‘ljallangan xorijiy nashr keladi. Oylik auditoriyasi 17 million kishini tashkil etuvchi ushbu sayt Pokiston bilan bir qatorda butun dunyodagi voqealarni qamrab oladi.

“Har bir sayohat birinchi qadamdan boshlanadi. Meniki Islomoboddagi O‘zbekiston Elchixonasining o‘z go‘zal mamlakatiga tashrif buyurish va kashf qilish taklifiga javob berishimdan boshlandi. Avvaliga bu xorijiy davlatga inflyuyenser sifatida boraman, deb aqlim bovar qilmasdi. Biroq yaqinda sayyohlik uchun eshiklarini ochgan O‘zbekistonni o‘rganish g‘oyasi Ipak yo‘li bilan shaxsan tanishish uchun tezlikda chemodanga narsalarni joylab, otlanish darajasida jozibali edi”, – deb yozadi muallif o‘z blogida.

Maqolada Sana Tosif Toshkent, Samarqand va Buxoroning me’moriy qadamjolari tarixini – Go‘ri Amir (Temur qabri)ning hayratlanarli me’morchiligidan tortib, boqiy Registon madrasalarigacha, Shohizinda (Hazrat Qusam ibn Abbos) maqbarasidan Bibixonim masjidigacha batafsil bayon qiladi.

“Pokiston va Oʻzbekistonni qardoshlik rishtalari bog‘lab turadi, biz ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlanishiga umid qilamiz. Kelgusida bu ikki davlat turizm, savdo va ta’lim sohalaridagi munosabatlarning kengayishiga guvoh bo‘lishini bashorat qilish mumkin”, – deydi Sana Tosif o‘z o‘quvchilariga.

Maqola haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://www.thenews.com.pk/latest/988612-frolicking-in-uzbekistan

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing