Nukus shahrida Turon jang san'atlari bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi

07.09.2021 1662

2021-yilning 11-15 sentabr kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Turon yakka kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasida Respublikamizning 14 ta hududidan ja’mi 294 nafar sportchilar ishtirok etishi kutilayapti. 140 nafari qiz va 154 nafari o‘g‘il bolalar qimmatbaxo sovrinlar uchun kurash olib borishadi.

Respublika miqyosidagi ushbu sport turi bo‘yicha rasmiy musobaqalar 1993-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda.

Turon yakka kurashi - milliy sport turi hisoblanadi. Turkiy xalqlar jang qilish san’ati namunasi sifatida qadimdan mashhur bo‘lgan. Bu turdagi yakkama yakka kurashish usuli Amir Temur davrida takomillashgan. “Turon” yakka kurashining zamonaviy qonun-qoidalarini xalqaro miqyosdagi sport ustasi B.Saidov ishlab chiqgan. Kurashchilar peshonaband belbog‘ bog‘lab, yaktak, keng ishton kiyib musobaqalashadilar. Raqiblar maydonga chiqqanda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar va bir-birlariga kaftlarini ko‘rsatadilar. Bu “qo‘limda hech narsa yo‘q, halol kurashaman” degan ma’noni bildiradi. “Turon” yakka kurashining ikki: jang va erkin mashq yo‘nalishlari mavjud.

Bunday musobaqalarni o‘tkazishdan maqsad, yoshlarni jismoniy tarbiyaga jalb qilish, ular o‘rtasida tajriba almashuvini kuchaytirish, sportchilar va trenerlar maxoratini oshirish, ushbu sport turini yanada rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash, terma jamoaga asosiy va zahira tarkibini shakillantirish hamda vatanimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan yosh avlodni tarbiyalash hisoblanadi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing