Nukusda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi

3475

Kurash – o‘zbek xalqining milliy boyligidir. Bugungi kunda kurash rasman jahon noolimpiya sport turlari tarmog‘iga kiritilgan va YuNESKO tomonidan qo‘llab-quvvatlantirilib kelinmoqda. Kurash - milliy sportning bir turi sifatida birinchi marta hozirgi O‘zbekiston hududida bundan 3 ming yil avval paydo bo'lgan.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbek xalqi ko‘p asrlar davomida o‘zining polvonlari, afsonaviy chavandozlari bilan mashhur bo‘lib, O‘zbekistonda kurash, belbog‘li kurash, uloq-ko‘pkari, turon, boyqo‘rg‘on kabi milliy sport turlariga asos solingan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy sport turlarini xalqaro maydonlarda munosib namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratildi.

Darhaqiqat, bugungi kungacha o‘zbek milliy kurashi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda o‘z nufuzini yo‘qotgani yo‘q.

10-12-dekabr kunlari Nukus (Qoraqalpog‘iston) shahrida 2008-2009-yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Belbog‘li kurash turlari federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi.

Nukus shahrida o‘tkaziladigan belbog‘li kurash musobaqasida 119 ta diplomlar jamlanmasi (1-o‘rin uchun 29 ta, 2-o‘rin uchun 29 ta, 3-o‘rin uchun 58 ta) va boshqa qimmatbaho sovrinlar g‘oliblar uchun tayyorlab qo‘yilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring