“O‘zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” tanlovining yakuniga yetdi

07.01.2021 712

“O‘zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” tanlovi yakunlandi va g‘oliblarni e’lon qilishdan g‘oyat mamnunmiz!

Tanlovda qatnashish uchun qatnashchilar o‘z materiallarini (foto, video va maqolalarini) ijtimoiy tarmoqlarida #uzbektourism #uzbmeros heshteglari bilan joylashlari lozim edi.

Tanlovda qatnashish uchun, qatnashchilar, o‘tgan yilning 15-dekabrdan 19-dekabrgacha, Toshkent shahridagi yoshlar Saroyida bo‘lib o‘tgan madaniy meros Haftaligida qatnashishlari va o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlarida forum davomida olingan foto, video va maqolalarini #uzbektourism #uzbmeros heshteglari bilan joylashlari, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi O‘zbekistonning turizm sohasini targ‘ib qiluvchi sahifalarida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak edi.

Madaniy meros haftaligi doirasidagi promo-aksiyada faol ishtirok etganligi, shuningdek ushbu keng ko‘lamli tadbirni yoritishda ko‘rsatgan yordami uchun tashkiliy qo‘mita, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida materiallari eng ko‘p ko‘rilgan ishtirokchilarni taqdirlashga qaror qildi.

Ushbu ijtimoiy tarmoq bo‘yicha olingan natijasi quyidagicha taqsimlandi:

Telegram

1 – o‘rin – Ismoilova Nargisa - 47600

2 – o‘rin – Oqnazarov Islom - 18800

3 – o‘rin – Zaripova Kamila - 12600

Barcha g‘oliblar tanlovda qatnashganliklari to‘g‘risidagi sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1 – o‘rin - 5 mln. so‘m;

2 – o‘rin - 3 mln. so‘m;

3 – o‘rin - 2 mln. so‘m.

G‘oliblarimizni tabriklaymiz va barcha tanlov qatnashchilariga mamlakatimizning noyob madaniy merosini targ‘ib etishda ishtirok etganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing