Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Taniqli ispan tadqiqotchi-fotografi O‘zbekistonning turizm salohiyati bilan tanishmoqda

02.04.2026 114

Turizm qo‘mitasi mamlakatimizning Ispaniyadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turizm salohiyatini Ispaniya Qirolligida keng targ‘ib qilish maqsadida taniqli ispan tadqiqotchi-fotografi Pablo Martines Munyes boshchiligidagi ishchi guruh uchun press-tur tashkil etmoqda.

Tashrif davomida xorijiy ijodiy guruh mamlakatimizning Samarqand, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi sayyohlik maskanlarini, shuningdek, Toshkent shahrining tarixiy-madaniy obyektlari, zamonaviy bino va me’moriy inshootlarini suratga olmoqda.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning boy moddiy va nomoddiy merosini, turizm infratuzilmasi va zamonaviy taraqqiyotini Yevropa mamlakatlarida, jumladan, Ispaniya Qirolligida keng targ‘ib qilishdir.

Ispaniyalik fotograf tomonidan olingan suratlar saralanib, maxsus fotoalbomga kiritilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, fotoko‘rgazma tashkil etish, Pol Nadarning Turkistonga sayohati haqida ilmiy maqola tayyorlab, uni ilmiy jurnalda nashr etish, ispan tilida ikkita podkast yaratib, ularni Amazon Music va Spotify kabi turli platformalarga joylashtirish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning turizm salohiyatini nafaqat Ispaniya Qirolligida, balki butun Yevropa bozorida keng targ‘ib etishga, shuningdek, Ispaniyadan keladigan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida mamlakatning tarixiy, madaniy va gastronomik turizmini ommalashtirishga qaratilgan.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar