Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi

30.03.2026 157

1-aprel — Butunjahon kulgi kuni munosabati bilan Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivallari o‘tkaziladi.

Bayram doirasida qisqa yumoristik va satirik miniatyuralar, latifalar hamda ularning mashhur qahramonlari — Xo‘ja Nasriddin obraziga oid hazil-mutoyibalar, rang-barang rivoyat va sahna ko‘rinishlari namoyish etiladi.

Shuningdek, “Sharq taomlari” festivaliga tashrif buyurgan mehmonlar O‘zbekiston milliy oshxonasining mazali taomlari va shirinliklaridan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun: “Nasriddin Afandi” festivali Nodir Devonbegi madrasasi hududida, Nasriddin Afandi haykali yonida o‘tkaziladi. “Sharq taomlari” festivali esa “Somoniylar” bog‘i kirish qismidagi hovuz oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi.

Barchangizni ushbu festivallarga taklif etamiz!

Manba: Uzbektourism.uz

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar