Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Joriy yilning 15-16 may kunlari mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari Jizzax viloyati Zomin tumanining turistik salohiyati bilan tanishdilar. Info-tur O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi hamda Jizzax viloyati turizm boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki bugungi kunda O‘zbekiston sayyohlik sohasida dunyoda ulkan salohiyat va imkoniyatlarga ega mamlakatlardan biri hisoblanadi. Yurtimizning o‘ziga xos tabiati, boy madaniy va ma’naviy merosi, tarixiy va memoriy obidalari xorijliklarni doimo o‘ziga jalb qilib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur sohani jadal rivojlantirish, yurtimizga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish, ichki turizmni kengaytirishni talab etadi.

Bu borada Jizzax viloyatida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, so‘nggi yillardagi sohaga bo‘lgan e’tibor tufayli turizm – viloyat iqtisodiyotining asosiy “drayver”laridan biriga aylanmoqda.
Tumanga 2023 yil davomida 30 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrifi kuzatilgan bo‘lsa, 2024 yilning o‘tgan davri davomida 20 mingdan ziyod xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi.
Jizzax viloyati qulay geografik joylashuvi, tog‘lar, qir-adirliklar, ko‘l, go‘zal tabiati, me’moriy yodgorliklari, milliy taomlari bilan mahalliy va xorijiy turistlarni jalb etib, O‘zbekiston turizmini jadal rivojlanishi uchun munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Jumladan, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi hududida umumiy qiymati 466 mlrd so‘m bo‘lgan “New Zomin Plaza”, “Turon Plaza Hotel”, “Zomin Supa Grand Hotel” MChJ tomonidan WYNDHAM brendi asosida 720 o‘rinli 3 ta zamon talablariga mos zamonaviy mehmonxonalar ishga tushirilib, mazkur loyihalar ishga tushishining hisobiga viloyatdagi mehmonxonalar soni 30 taga, mehmonxonalardagi o‘rinlar soni 1105 taga yetkazildi.

Shuningdek, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi hududida “Suffa platosi 2400” Xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasida “O‘zmilliybank” AJ buyurtmasi asosida “Zomin Ropeway” dam olish maskani bunyod etilgan, 12 ta minorali, 11 dona ustundan tashkil topgan, mijozlarni tashish uchun zamonaviy dizayndagi 36 ta kabinadan iborat, uzunligi 2600 metr bo‘lgan zamonaviy osma dor yo‘li foydalanishga topshirildi.
“Zominsoy Development Invest” MChJ tomonidan Zominsoy kanali chap qirg‘og‘ida ko‘ngilochar va dam olish maskani faoliyati yo‘lga kuyildi.
Sayyohlarning sevimli maskaniga aylangan Zomin tumanidagi osma shishali ko‘prik Shveysariyaning “Fatzerb AG” kompaniyasi uskunalari asosida barpo etilgan.
Zomin tumani “Duoba” MFY “Turizm mahallasi” maqomi berildi.
Bularning barchasi o‘z navbatida viloyatning ichki turizmini rivojlantirish va tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolar sonini ko‘paytirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.

Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.