Turistik kompaniyalar diqqatiga!
2022-yilning 20-22-aprel kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtadigan “KITF 2022” xalqaro turizm koʻrgazmasida ishtirok etishga shoshiling. Ko'rgazmada Oʻzbekiston milliy stendi ham namoyish etiladi.
Ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqami orqali murojaat eting.
Arizalar 2022-yil 1-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun:
Har yili yetakchi xalqaro turoperatorlar va turistik agentliklar, aviakompaniyalar, milliy va mintaqaviy turistik tashkilotlar, yirik mehmonxona tarmoqlari va mehmonxonalar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish markazlari, shuningdek, turizmda IT-texnologiyalarni ishlab chiquvchilar va yetkazib beruvchilar KITF ishtirokchilariga aylanmoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh