Foto va Video

Orol dengizi bo‘yi va Ustyurt platosi yulduzlarni kuzatish uchun dunyoning TOP-10 turizm maskanlari qatorida

06.12.2023 231

Buyuk Britaniyaning mashhur “Time out” saytida dunyoning turli burchaklarida sivilizatsiyadan yiroq tabiiy hududlardagi "Stargazing" – yulduzlarni kuzatish uchun TOP-10 turizm maskanlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ma’lumot o‘rnida, “Time out” nashriyoti 1968-yili o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, bugungi kunda Buyuk Britaniyaning global media mehmondo‘stlik brendi sifatida tanilgan nufuzli nashriyot hisoblanadi.

Maqolada AQSh, Chili, Yangi Zelandiya, Hindiston davlatlarining turistik ob’ektlari bilan bir qatorda Qoraqalpog‘istonning asosiy ekoturizm ob’ekti bo‘lmish Ustyurt tekisligi va Orol dengizi ham qayd etilgan. Jumladan, dengizning qurib borishi va ekologik ofat oqibatlari bilan kurashishda Ekoturizmning alohida o‘rni, bir necha yillardan beri xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Besqala” turistik korxonasi hamda Orol dengizi bo‘yidagi o‘tovlar majmuasi haqida so‘z etilgan. Maqola so‘ngida esa muallif o‘z auditoriyasiga Orolbo‘yi hududiga tur buyurtma qilib dengizni borish ko‘rish, o‘tovlar majmuasida bo‘lish va tungi vaqtlarda yulduzlarni kuzatishni taklif etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing