Joriy yilning 13-15-sentyabr kunlari Moskvada “Отдых Leisure 2022” 28-xalqaro sayyohlik forum-ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Bu yil ko‘rgazma bir vaqtning o‘zida ikki formatda – “Экспоцентр” markaziy ko‘rgazmalar majmuasida onlayn va oflayn formatlarda o‘tkazilmoqda.
“Отдых Leisure 2022” da birinchi marta “Milliy PR-markazi” DUK bilan SAYS kompaniyasi hamkorligida TXTY va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish, mamlakatimiz bo‘ylab yil bo‘yi sayohat qilish uchun turli sayyohlik yo‘nalishlari, mahsulot va xizmatlarni namoyish etish maqsadida stend tashkil etildi.
O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stend “Forum” pavilyonida joylashgan. Bu yerda Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan turizmning turli ko‘rinishlari, shuningdek, yilning navbatdagi asosiy voqeasi – joriy yilning 30-noyabridan 2-dekabrigacha Toshkent shahridagi “O‘zExpomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida oʻtkaziladigan “Ipak yoʻlidagi turizm” 2022 Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasiga oid taqdimotlar namoyish etildi.
Tadbir davomida bizning TXTY targ‘ibotiga bag‘ishlangan stendimiz bir qancha xorijiy kompaniyalar, tashkilotlar, shuningdek, sayyohlik sohasining boshqa vakillari e’tiborini tortdi va ular bo‘lajak Toshkent yarmarkasida kelgusida ishtirok etish masalalarini muhokama qilishga muvaffaq bo‘ldilar.
“Отдых Leisure 2022” - bu Rossiyaning butun turizm sanoati uchun keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, unda yozgi mavsum yakunlari sarhisob qilinadi va kuz-qish mavsumi masalalari muhokama qilinadi. Forumda nafaqat Rossiya tashkilotlari va yirik kompaniyalari, balki turizm sohasining ko‘plab professional xalqaro assotsiatsiyalari ham ishtirok etmoqda.
Tadbir tashkilotchilari Rossiya tomonidan VC “Евроэкспо” va Avstriya tomonidan EUROEXPO EXHIBITIONS and CONGRESSES DEVELOPMENT.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh