Chet elda yashash oson emas. Birinchidan, urf-odatlarning farq qilishi, o’z uyingiz va yaqinlaringizga bo'lgan sog’inch hissi, ikkinchidan, yangi mamlakatga, boshqa odamlarga va atrof-muhitga moslashish qiyinchilik tug’diradi. Bunday noqulaylikni ozgina bo’lsa ham kamaytirish uchun musofirlar o'z vatandoshlarini qidirishadi va chet elda o'zlarining kichik vatanlarini yaratishga harakat qilishadi. 2013 yilda Seul markazida o'zbek restoranini ochgan yurtdoshimiz Mahmud Abdullaev ham shunday qildi.
“Bilasizmi, birinchi marta oshxonaga kirganimda, tuxum pishirishni ham bilmas edim. Va endi men ajoyib taomlarni tayyorlayap olaman, – deydi Mahmud Abdullayev jurnalistlarga bergan intervyusida.
"Chet elda biror narsaga erishish uchun avval hamma narsani noldan boshlash, ko'p mehnat qilish va bundan tashqari, yanada kuchliroq rejimda ishlash kerak".
Musofirning hayoti biroz mashaqqatli bo’lishiga qaramay ancha qiziqarli hamdir: ularda o’zining mamlakati, madaniyati haqida gapirish, odamlarni o’z mamlakatiga tashrif buyurishga qiziqtirish kabi ajoyib imkoniyat mavjud.
8 yil davomida Mahmud Abdullayev Koreya xalqini jozibador madaniyatimizdan darak berib turuvchi "LAZZAT" restoranining o'zbekona mazali taomlari orqali tanishtirib kelmoqda va mamlakatimizning gastronomik turistik salohiyatini targ'ib qilishda o'zining ulkan hissasini qo'shmoqda.
2020 yilda Mahmud Abdullaev o'zbek milliy taomlarini chet elda targ'ib qilgani uchun "Turizm fidoiysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
«Hammasi juda kutilmagan tarzda boshlandi. Do'stim, O'zbekistondagi mashinalar uchun ehtiyot qismlarni yig'ib olish maqsadida Koreyada ishlashni taklif qildi, So’ng men bu yerga 2009 yilda kelganman. 2013 yilgacha biz Koreyada turli xil biznes bilan shug'ullanganmiz va shu yil oilamni ham Koreyaga olib kelganman. Biroz muddat o'zbek do'konida go'sht yetkazib beruvchi bo'lib ishladim. Bir kuni mahalliy restoran egasi menga o'z muassasasini arzon narxda sotib olishni taklif qildi", - deydi Mahmud Abdullayev.
Qahramonimiz chet tilini yaxshi bilmasada, Koreyadagi restoranlar bilan shartnoma tuzgan holda o’sha yerda yashovchi mahalliy aholi, balki sayyohlar orasida ham tanilishga ulgurdi.
Bugungi kunda Mahmud Abdullayevni Koreyaning markaziy telekanallariga oshpazlik shoulari uchun tez-tez taklif qilib turishadi, u yerda koreys televideniya tomoshabinlarini o'zbek oshxonasining lazzatli taomlari bilan tanishtirib boradi.
Shuni ham mamnuniyat bilan aytish joizki,bundan tashqari, Janubiy Koreya Turizm qo'mitasining taklifiga binoan Mahmud Abdullayev qariyb 7 yildan beri Koreyada har yili o'tkaziladigan milliy taomlar ko'rgazmasida qatnashib, yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda.
Shuningdek, “LAZZAT” restorani ochilganidan bir yil vaqt o’tib (2014-yil), u Seuldagi birinchi o’zbek sayyohlik restorani unvoniga sazovoz bo’ldi.
"Har qanday muvaffaqiyatli faoliyatning zamirida poklik va halollik yotadi, - deb ta’kidlaydi Mahmud Abdullayev, - biz hammaga tanish oddiy taomlarni pishirishdan boshladik, ammo ba’zi insonlar men barchasini eplay olishim va sidqidildan harakat qilishim kerakligini aytishdi.Ayrimlarning sevimli ovqati “ steyk”ni barcha restoranlarda yeyish mumkin, ammo haqiqiy o'zbek palovi hamma joyda mavjud emas ”.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh