Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston AQShda turistik salohiyatini namoyish etdi

29.01.2026 128

O‘zbekiston Amerika bozorida turistik salohiyatini targ‘ib etish doirasida «O‘zbekiston — Ipak yo‘li durdonasi» nomli bir qator road-shou tadbirlarini o‘tkazdi. Taqdimotlar Nyu-York va Chikago shaharlarida tashkil etildi. 

Road-shouning birinchi bosqichi 2026-yil 24-yanvar kuni Nyu-York shahrida AQShdagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri — Travel & Adventure Show 2026 doirasida bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, turistik yo‘nalishlarning rang-barangligi hamda mamlakatning noyob turistik imkoniyatlari taqdim etildi.

Taqdimot kampaniyasining ikkinchi bosqichi 2026-yil 27-yanvar kuni Chikago shahrida o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida turizm sohasi mutaxassislari O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, noyob marshrutlari va umumiy turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

AQShning yetakchi megapolislarida road-shou tadbirlarining o‘tkazilishi O‘zbekistonni Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim turistik yo‘nalishlardan biri sifatida targ‘ib etishda muhim qadam bo‘ldi hamda xorijiy hamkorlar tomonidan qiziqishning yanada ortishiga xizmat qildi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar