O‘zbekiston o‘zining sayyohlik salohiyatini Avstriyaning eng yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan "Ferien Messe Wien 2026"da namoyish etdi. Mazkur ko‘rgazma joriy yilning 15-18 yanvar kunlari "VIECON" ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tdi.
Turizm qo‘mitasi tashkil etgan milliy stend ko‘rgazmadagi eng yorqin va e’tiborni tortadigan joylardan biriga aylandi. Tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonning boy madaniy merosi, an’anaviy xalq hunarmandchiligi, shuningdek, mamlakatning xilma-xil va betakror sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi zamonaviy sayohat yo‘nalishlari namoyish etildi.
Ko‘rgazmani Yevropa va dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan kelgan sayyohlik agentliklari, aviakompaniyalar, sarmoyadorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ziyorat qildi. O‘zbekiston stendi o‘zining mazmunli taqdimot dasturi, milliy kuy-qo‘shiqlari, hamda sharqona mehmondo‘stlik ruhini aks ettiruvchi jo‘shqin muhiti bilan ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga jalb etdi.
Tadbir doirasida xalqaro hamkorlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish va yangi sayyohlik oqimlarini jalb qilishga qaratilgan ishbilarmonlik uchrashuvlari va muzokaralari o‘tkazildi.
Izoh