Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston va AQSHning “Warner Bros. Discovery” kompaniyasi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

24.09.2024 301

O‘zbekistonning turizm salohiyatini AQSH va Yevropa davlatlarida keng targ‘ib qilish maqsadida dunyoga mashhur “Warner Bros. Discovery” kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu loyiha doirasida 5 oy davomida kino, televideniye, sport, turizm va yangiliklar sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan “Warner Bros. Discovery” o‘zining mashhur “Discovery Channel”, “Travel Channel”, “YouTube Channel” kanallarida O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida 30 soniyalik videoroliklarni namoyish etadi.

Ushbu telekanallar sayohat va turizmga qiziqqan tomoshabinlar orasida ko‘proq ommalashgan.

Malumot uchun:

Warner Bros. Discovery - Amerikaning transmilliy media va kongilochar konglomerati. Kompaniya dunyodagi eng yirik media tarmoqlardan biri bolib, 220 mamlakatda 1,5 milliard tomoshabinni qamrab oladi va oz foydalanuvchilariga turli platformalar orqali dunyo boylab 51 dan ortiq tildagi kontentni taqdim etadi.

Umuman olganda, “Warner Bros. Discovery” xalqaro kompaniyasining global turizm media platformasidan foydalanish nufuzli va katta ta’sir kuchiga ega xalqaro auditoriyada O‘zbekistonga nisbatan xayrixohlikni kuchaytiradi va yaqin kelajakda O‘zbekistonga yanada ko‘proq xorijiy sayyohlarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing