12 dekabr kuni BMTning Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishning asosiy maqsadi sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va turizm sohasini xalqaro miqyosda barqaror rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan kodeksni ishlab chiqishning asosiy jihatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar mamlakatlarga sayohat xavfsizligi bilan bog‘liq yangi xavf-xatar va tahdidlarga moslashish imkonini beradigan yagona standartni yaratish muhimligini ta’kidladilar.
Yig‘ilishda 50 mamlakat va BMT Turizm tashkiloti vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston raisligi to‘g‘risida qaror bir ovozdan qabul qilindi.
Ta’kidlash joizki, Global xavfsiz turizm kodeksini qabul qilish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2023-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ilgari surilgan edi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh