Foto va Video

Oʻzbekiston bo‘ylab sayohat haqida “Virusli” videorolik tayyorlash bo‘yicha tanlov eʼlon qilinadi

10.10.2022 2132

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi “Virusli” videorolik tanlovi boshlanganini e’lon qiladi. Tanlov 10-oktabrdan 10-noyabrgacha, roppa-rosa bir oy davom etadi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekistonning turizm salohiyati, madaniy merosi, an’analari va tabiatini keng jamoatchilik va jahon miqyosida keng targ‘ib qilishdan iborat.

Tanlov O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, shuningdek, viloyat va shaharlarning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovdir.

Bu hali hammasi emas! Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va sovg‘alar bilan taqdirlanadilar, bunda har bir ijtimoiy tarmoq (Facebook, Instagram, TikTok) uchun tanlovning 1 nafar g‘olibi aniqlanadi. Shu bilan birga, uchta g‘olib roliklar orasidan eng ko‘p ko‘rilgani maxsus bonusli qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2022-yilning 30-noyabr – 2-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘lida turizm” 2022 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Texnik talablar va tafsilotlar bilan quyidagi havola orqali berilgan Nizomda tanishishingiz mumkin: http://surl.li/dhfqv

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing