Foto va Video

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi

05.10.2023 385

Diqqat, tanlov!

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi huzuridagi
“Milliy PR-markazi” tomonidan Internet tarmog‘ida xorijiy tillarda mamlakatimizning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” videoroligini tayyorlash bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.


O‘zbekistonning go‘zal tabiati, boy madaniy merosi va milliy qadriyatlari, samimiy xalqi, pazandachilik an’analari, shuningdek, ko‘hna va hamisha navqiron shaharlaridagi qadamjolarini targ‘ib qilishga qaratilgan mazkur tanlov 2023-yil 5-oktyabrdan 2-noyabrga qadar o‘tkaziladi. Tanlov shartlari quyidagicha:

- 30 (o‘ttiz) kun davomida tashkil etiladigan Tanlov doirasida ishtirokchilar, o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #uzbtravel #uzbekistantravel #TITF_2023 heshteglari ostida video materiallarlarni e’lon qiladilar.

- Ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqdagi o‘zlari videoroliklar joylashtirgan Turizm qo‘mitasi va Markaz sahifalariga (www.uzbekistan.travel, www.uzbektorism.uz, Instagram - @uzb_travel, @titf_uz, Facebook – Uzbekistan Travel) obuna bo‘lishlari lozim.

- Tanlov ishtirokchilarining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari Tanlov davomida ochiq holda bo‘lishi lozim.

- Internet tarmog‘ida e’lon qilinayotgan videoroliklarda haqoratlovchi yoki shaxsning sha’niga teguvchi so‘zlar bo‘lmasligi hamda ushbu materiallar salbiy taassurotga ega bo‘lmasligi lozim.

- Tashkiliy qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘lmagan ishtirokchilar nomzodi ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

- Tanlovda 18 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

- Tanlov ishtirokchisi faqat bitta material (videorolik) bilan bitta ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilinayotgan tanlovlardan faqat bittasida ishtirok etishi mumkin.

- Tanlovda bir yoki bir nechta (ijodiy guruh) muallif ishtirok etishi mumkin. Shuningdek,videoroliklarda quyidagilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:

- Millatlararo janjallarni qo‘zg‘atuvchi mazmunidagi millatchilik va ekstremistik chaqiriqlar, giyohvand moddalarni tarqatishga, davlatga qarshi va Konstitutsiyaga qarshi mazmundagi taqiqlangan bayonotlar va shu kabi bayonotlarga xizmat qiluvchi lavhalar;

- Shahvoniy hirs uyg‘otuvchi sahnalar va (yoki) zo‘ravonlik, buzg‘unchilik sahnalari, shuningdek odamlar va hayvonlarning jismoniy azoblanishini aks ettiruvchi sahnalari bo‘lgan lavhalar;

- Qo‘rqinchli, stressli hissiyotlar va hayajonlarni ko‘rsatuvchi matnlar, sahnalar, ovoz effektlari.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan roliklar tashkilotchilar tomonidan baholanadi. G‘oliblar ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram) joylashtirilgan video materiallarga to‘plangan “like”lar soni bo‘yicha aniqlanadi. Tanlov g‘oliblari sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etib, Vatanimizning jozibadorligini va o‘z salohiyatingizni namoyish etishga shoshiling!

Tanlov nizomi Nizom.docx

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing