Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Serquyosh va mehmondo‘st O‘zbekiston haqida o‘ylasam, yuragim orziqib ketadi. Bu men yana qayta boshdan kechirishni istaydigan kam sonli sarguzashtlarimdan biri, ajoyib sharqona ertak edi.
Afsuski, men mamlakatda ko‘p narsa ko‘rishga ulgurmadim, lekin buni ataylab, bu yerga yana bir bor qaytib kelish uchun qildim. Hozircha esa men siz bilan O‘zbekistonda albatta ko‘rishingiz kerak bo‘lgan taassurotlar va ba’zi tavsiyalarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Toshkentda aeroportdan chiqayotganimda e’tiborimni tortgan birinchi narsa - temir yo‘l transportining rivojlangan infratuzilmasi bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida yuk vagonlari ortilgan temir yo‘llar yonidan va yo‘lovchi poyezdi yashin tezligida o‘tib borayotgan ko‘prik tagidan o‘tdim.

Hayotimda bir marta ham ko‘rmagan uzoq qarindoshlarimning uyida to‘xtadim. Ularning mehmondo‘stligidan hayratda qoldim, meni tom ma’noda shohona o‘zbek palovi va mevalar bilan kutib olishdi. Palovning ta’mi og‘zimda qoldi. Sochiluvchan guruch, yumshoq go‘sht... Men bu taomni “ilohiy taom” deb atagan bo‘lardim.
O‘zbekcha pomidor va mevalar ham meni hayratga soldi. Men ularni yana ko‘p marta mahalliy bozorlarda ko‘raman, lekin ulkan yusupov pomidori, katta-katta shaftolilari yoki “Damskiy palchik” navli qarsildoq uzumdan ko‘z uzib bo‘larmidi?

Ushbu sayohatdan oldin men AQSHda bir necha yil yashaganman va u yerda ham o‘lchamlari bilan ajralib turadigan juda ko‘p meva va sabzavotlarni ko‘rganman. Lekin ta’m jihatidan bular ikki xil olam edi. O‘zbek pomidori bilan Amerika pomidori qiyoslansa, ularning faqat tashqi belgilarigina bir xil. O‘zbekistondagi pomidor - go‘shtdor, shirin, nihoyatda xushbo‘y, to‘yingan mazali rezavor meva.
Men nafis terisini shilib yeganim - katta shaftolining ta’mini hech qachon unutmayman. Sharbat yuzlarimdan oqib tushdi (uy bekasi menga oldindan salfetka bergan edi), men o‘zimni yosh boladek his qildim va beixtiyor “oh, oh, qanday mazali!” deb yubordim. Ehtimol, bir kuni o‘zbek nektarlarining sehrli ta’mi haqida nabiralarimga so‘zlab berarman.
Keyingi 5 kun hayotimdagi eng esda qolarli kunlardan bo‘ldi. Menga Toshkentni butun go‘zalligi bilan ko‘rsatishdi. Poytaxt markazi menga juda yoqdi, u monumental va mahobatli ko‘rindi. “Forumlar saroyi”, Amir Temur maydoni, Mustaqillik maydoni, Ko‘kaldosh madrasasi, Polsha kostyoli, Romanovlar saroyi va musiqali favvoralar yodimda qoldi. Aholining ko‘p millatli tarkibi meni hayratda qoldirdi - bu ham juda qiziq edi.

Restoranlar va umumiy ovqatlanish muassasalari alohida e’tiborga loyiqdir. Hatto o‘zbekcha usulda tayyorlangan fast-fud ham menga nafaqat mazali, balki tabiiy va foydali bo‘lib tuyuldi. Men ko‘plab mashhur milliy taomlarni tatib ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Men kabob, no‘xatsho‘rak, norin, somsa, manti kabilarni sevib iste’mol qildim. O‘zbek taomlarini jahondagi eng mazalilardan biri deb atagan bo‘lardim.

Bozorlarga borish men uchun alohida sarguzasht bo‘ldi. Toshkentda “Ippodrom”, “Chorsu”, “Qo‘yliq”, “Oloy”, Samarqanddagi “Siyob” kabi bozorlarda xarid qildim.
Toshkent viloyati qishloqlari, ayniqsa Parkent, G‘azalkent, Zangiota o‘zining betakrorligi va tog‘oldi landshafti bilan hayratda qoldirdi. Tog‘li Chorvoq vohasi esa men uchun ajoyib dam olish va sarguzasht maskaniga aylandi. Go‘zalligi va xushmanzaraligi jihatidan men bu yerni Chernogoriya bilan taqqoslagan bo‘lardim.

Tug‘ilgan kunimga ajoyib sovg‘a - Samarqandga sayohat uyushtirib berishdi. Avtomobilda yo‘lga chiqdik, chunki yo‘l yoqasi manzaralaridan bahramand bo‘lishni istardik. “Qadimiy xazina”ga yo‘l olar ekanmiz, Jizzax viloyatida “Amir Temur darvozasi” yonida to‘xtadik va bu joy haqida eshitgan afsonalarimizdan zavqlanib ketdik.
Samarqand o‘zining ulug‘vorligi, sharqona go‘zalligi, gumbazlari, maftunkor me’moriy obidalari bilan kishini lol qoldirdi. Shahar qurilishi vaqtida Zarafshon tog‘laridan tushib, uning qurilishini ma’qullagan qor qoploni haqidagi afsona yodimda qoldi. Albatta, Registon maydoni, Shohi Zinda, Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi va boshqa ko‘plab obidalarni ziyorat qildik. Ryukzagimda Samarqanddan olingan sovg‘a-salomlar uchun joy topildi, o‘zim bilan iloji boricha ko‘proq g‘aroyib narsalarni olib ketmoqchi bo‘ldim.
O‘zbekistonning mehmondo‘stligini so‘z bilan ifodalash qiyin. Bu mamlakatdagi hamma narsa - qadimiy obidalar, mehribon odamlar, go‘zal tabiat, mazali taomlar, sharqona muhit o‘ziga maftun etadi. Chegaralar ochilishini sabrsizlik bilan kutaman. Yaqin kelajakda bu afsonaviy mamlakatga yana sayohat qilishni mo‘ljallab turibman. Axir men hali ko‘p narsani ko‘rganim yo‘q-ku!
Olesya Zabavnaya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.