O‘zbekiston Britaniyaning mashhur turistik yo‘nalishlari to‘plamiga kiritildi

935

Rasmli qoʻllanmalar va ensiklopediyalarni 63 tilda nashr etishga ixtisoslashgan Britaniyaning mashhur “Dorling Kindersley” xalqaro nashriyoti dunyoning eng yorqin sayyohlik yoʻnalishlariga bagʻishlangan “Go here instead” qoʻllanmasini chop etdi.

Ushbu qo‘llanmada “O‘zbekiston” turizm brendining Buyuk Britaniyadagi elchisi Sofi Ibbotsonning mashhur Registon maydonida joylashgan, YUNESKOning Jahon madaniy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan Samarqandning uchta diniy- me’moriy yodgorliklaridan biri – Tillakori madrasasi haqidagi maqolasi o‘rin olgan.

“Tillakori madrasasi Vatikandagi Avliyo Pyotr soboriga muqobildir” – shu so‘zlar bilan muallif o‘z maqolasida madrasaning xususiyatlarini tasvirlay boshlaydi.

Maqolada Sofi Ibbotson Tillakori tarixini batafsil yoritadi – “XVII asr o‘rtalarida shayboniylar sarkardasi Olchin Yalangto‘sh Bahodir tomonidan qurilgan Tillakori Registondagi eng yangi, eng katta va eng murakkab inshootdir. Madrasaning nomi oʻz hovlisi ichidagi masjid bilan bog‘liq: Tillakori “oltin bilan qoplangan” degan maʼnoni anglatadi, bu binoning yaltirab turgan zarhal gumbazi va devorlariga ishoradir. Albatta, avliyo Pyotrning gumbazi balandroq, lekin Tillakorining hashamati shu qadar zo‘rki, boshingiz aylanib ketadi”. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, “mutlaq muhtashamlik haqida gap ketganda, ko‘zni qamashtiruvchi madrasa sobordan ko‘ra ustunlikka ega”.

Quyidagi havola orqali maqola haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin: https://www.dk.com/uk/book/9780241568835-go-here-instead/

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring