Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston “Danish Travel Show” xalqaro turizm yarmarkasida milliy turizm salohiyatini namoyish etildi

23.02.2026 112

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan mahalliy turoperatorlar bilan hamkorlikda joriy yilning 20–22-fevral kunlari Daniya Qirolligining Herning shahrida tashkil etilgan “Danish Travel Show” xalqaro turizm yarmarkasida O‘zbekiston turizm salohiyati keng namoyish etildi.

“Danish Travel Show” - Skandinaviya (Shimoliy Yevropa) mintaqasidagi eng yirik tadbir bo‘lib, Shimoliy Yevropa davlatlari turizm bozori vakillari, yetakchi turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxona tarmoqlari hamda sayyohlik sohasidagi xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni bir platformada jamlaydi. “Danish Travel Show” 60 dan ortiq mamlakat vakillari hamda minglab professional tashrif buyuruvchilar va sayohat ishqibozlarini qamrab oluvchi nufuzli xalqaro “B2B” va “B2C” platforma hisoblanadi.

O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, ziyorat turizmi, gastronomik yo‘nalishlar, ekologik va tog‘-sarguzasht turizmi salohiyati keng targ‘ib etildi. Xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarining turizm imkoniyatlari, yangi marshrutlar hamda qulay infratuzilma bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Yarmarka doirasida xorijiy hamkorlar bilan “B2B” uchrashuvlar tashkil etilib, Skandinaviya mamlakatlaridan O‘zbekistonga turistlar oqimini oshirish, qo‘shma turpaketlar ishlab chiqish va marketing hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonning ochiq va xavfsiz turizm yo‘nalishi ekani, vizasiz hamda soddalashtirilgan viza tartiblari haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.

“Danish Travel Show” Shimoliy Yevropa bozoriga kirish, yangi hamkorlar topish va O‘zbekistonning turizm brendini targ‘ib etish uchun muhim maydon hisoblanadi. Mazkur xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish mamlakatimizning Yevropa turizm xaritasidagi o‘rnini mustahkamlash, sayyohlar geografiyasini diversifikatsiya qilish va milliy turizm eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar