Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda Global turizm forumi yillik yig‘ilishida ishtirok etdi

17.12.2024 102

O‘zbekiston delegatsiyasi Belgiyaning Bryussel shahrida Jahon turizm forumi instituti tomonidan tashkil qilingan Global turizm forumi yillik yig‘ilishida “hamkor mamlakat” maqomida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, BAA, Maldiv Orollari va boshqa davlatlardan sobiq va amaldagi turizm administratsiyalari rahbarlari, Yevrokomissarlar, Yevroparlament a’zolari, hamda turizm sohasi bilan shug‘ullanadigan qator xalqaro tashkilotlar vakillari bevosita va onlayn qatnashdilar.

O‘zbekiston tomoni ishtirokchilarni oxirgi yillarda mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalari, jumladan, barqaror turizmni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. Mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib qiluvchi burchak tashkil qilindi, qator videoroliklar qo‘yildi.

Tashrif chog‘ida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida qator ikkitomonlama muzokaralar o‘tkazildi.



Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing