Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston delegatsiyasi Minskda xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

28.03.2025 127

Shu kunlarda Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida “ОТДЫХ-2025” xalqaro turizm xizmatlari koʻrgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi Oʻzbekiston turizm salohiyatini targʻib etuvchi stend bilan ishtirok etyapti.

Unda Turizm qo‘mitasi, Buxoro va Xorazm viloyati vakillari, O‘zbekistonning bir qator turistik kompaniyalari rahbarlari hamda soha tadbirkorlari qatnashib, 20 dan ortiq xorij davlatlaridan kelgan turizm sohasi vakillari bilan ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazmaning ilk kunida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida 50 dan ortiq manfaatli kelishuvlarga erishildi.

Xalqaro ko‘rgazma 29-martga qadar davom etib, unda O‘zbekistonning bir qator turistik kompaniyalari, soha tadbirkorlari va mamlakatimizdagi yirik mehmonxona brendlari o‘z xizmatlarini taqdim etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing