Bugun, 9-may kuni Dubayda (BAA) Arabian Travel Market keng ko‘lamli sayyohlik ko‘rgazmasi ochildi. Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston ham an’anaviy tarzda o‘zining yagona milliy stendini taqdim etdi.
Oʻzbekiston milliy stendi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi "Milliy PR-markazi" tomonidan "Oʻzbekiston havo yoʻllari" AK koʻmagida tashkil etildi. O‘zbekistonning 6 eng yirik sayyohlik agentliklari va kompaniyalari, jumladan: “Sanat Travel Experts”, “Sogda Tour”, "Asia tour", “Amirsoy Resort” tog‘-chang‘i kurorti, “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi, “Begim Perfumes” turistik salohiyatini namoyish etdi.
Arabian Travel Market – bu Yaqin Sharqdagi turizm va sayohat mutaxassislari uchun biznes salohiyatini ochib beruvchi bozordagi yetakchi xalqaro tadbiridir.
O‘tgan yili pandemiyadan so‘ng birinchi marotaba Arabian Travel Market ko‘rgazmasi gibrid formatda bo‘lib o‘tgan edi, unda O‘zbekiston ko‘rgazmada alohida stend bilan ishtirok etgan yagona Markaziy Osiyo davlati bo‘lgan.
Bu yil ATM-2022 ko‘rgazmasi ham 2 formatda 9-12-may kunlari oflayn formatda, so‘ngra 17-18-may kunlari onlayn formatda bo‘lib o‘tadi.
ATM-2022 ning asosiy mavzusi “Xalqaro sayohat va turizm kelajagi” boʻlib, unda yirik sayyohlik kompaniyalari vakillari yangi tendentsiyalar, oʻsish imkoniyatlari, innovatsiyalar va, albatta, pandemiyadan so‘ng samarali tiklanish imkoniyatlarini oʻrganadilar.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh